Bepul onlayn oʻgirgich
Yangi oʻzbek alifbosiga oʻgirish
OʻRQ-1184-son qonun bilan oʻ, gʻ, sh va ch oʻrniga Ö, Ğ, Ş va Ç harflari keladi. Matnni qoʻying — u yangi alifboda chiqadi. Kirill va eski lotin, hatto aralash matn ham tushuniladi.
0 / 5 000 belgi · Matn serverga yuborilmaydi · Boshqa oʻgirgichlar: Kirill → lotinLotin → kirill
Yangi alifboda nima oʻzgaradi
- oʻ → ö (oʻzbek → özbek), gʻ → ğ (bogʻ → boğ), sh → ş (shahar → şahar), ch → ç (choy → çoy).
- Alifboda 28 ta harf va tutuq belgisi (ʼ) boʻladi.
- Qonun 2026-yil 21-oktabrda imzolangan, 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.
Oʻgirgich nimani hisobga oladi
- Isʼhoq, Mirzaʼhmad kabi soʻzlarda s va h alohida harf boʻlib qoladi.
- Inglizcha soʻzlar (WhatsApp, Chrome, Shell) va havolalar oʻzgarmaydi.
- Katta harflar saqlanadi: SHAHAR → ŞAHAR, Shahar → Şahar.
Hujjatlarni yangi alifboga oʻtkazish
- Buyruq, shartnoma, dars rejasi yoki Excel roʻyxatni qoʻlda toʻgʻrilash shart emas: Imlova qoʻshimchasi Word va Excel'ning oʻzida oʻgiradi, format joyida qoladi.
Кириллча
Матнни янги ўзбек лотин алифбосига ўгиринг: ў → ö, ғ → ğ, ш → ş, ч → ç. Кирилл ва эски лотиндан.
Word va Excel hujjatlari uchun
Butun hujjatni bir bosishda oʻgiring — qalin, kursiv, jadval va formulalar joyida qoladi.
Koʻp beriladigan savollar
Yangi oʻzbek alifbosi qachon kuchga kiradi?
OʻRQ-1184-son qonunga koʻra 2027-yil 22-apreldan.
Qaysi harflar oʻzgaradi?
Oʻ, gʻ, sh va ch oʻrniga Ö, Ğ, Ş va Ç yoziladi. Boshqa harflar oʻzgarmaydi.
Kirilldagi matnni toʻgʻridan-toʻgʻri yangi alifboga oʻgirsa boʻladimi?
Ha. Oʻgirgich kirill, eski lotin va aralash matnni bir xil yangi alifboga oʻtkazadi.
Yangi harflarni klaviaturada qanday yozaman?
iPhone'da Alifbo klaviaturasi bor. Kompyuterda matnni oddiy yozib, keyin shu oʻgirgich yoki Word qoʻshimchasi bilan oʻgirish mumkin.