Bepul onlayn oʻgirgich
Kirilldan lotinga oʻgirish
Kirill yozuvidagi oʻzbekcha matnni qoʻying — lotincha varianti shu zahoti chiqadi. Roʻyxatdan oʻtish shart emas, matn serverga yuborilmaydi.
0 / 5 000 belgi · Matn serverga yuborilmaydi · Boshqa oʻgirgichlar: Lotin → kirillYangi alifboga
Qanday ishlatiladi
- Kirillcha matnni chap maydonga yozing yoki nusxalab qoʻying.
- Oʻng tomonda lotincha natija darhol chiqadi, oʻzgargan soʻzlar belgilanadi.
- «Nusxa olish» tugmasini bosing va matnni kerakli joyga qoʻying.
Qaysi harflar qanday oʻgiriladi
- ш → sh, ч → ch, ў → oʻ, ғ → gʻ, ҳ → h, қ → q, нг → ng.
- е soʻz boshida va unlidan keyin ye boʻladi (ер → yer), boshqa joyda e (кел → kel).
- ё → yo, ю → yu, я → ya; ц soʻz boshida va undoshdan keyin s, unlidan keyin ts (цирк → sirk, лицей → litsey).
- ъ tutuq belgisiga (ʼ) aylanadi: маъно → maʼno.
Butun hujjatni bir bosishda
- Matn Word yoki Excel faylda boʻlsa, uni bu yerga koʻchirish shart emas: Imlova qoʻshimchasi hujjatning oʻzida oʻgiradi.
- Qalin, kursiv, rang, jadval va formulalar joyida qoladi. Excel'da faqat matnli kataklar oʻzgaradi.
Кириллча
Кирилл ёзувидаги ўзбекча матнни лотин алифбосига бепул ва тез ўгиринг. Матнни юқоридаги майдонга қўйинг — натижа дарҳол чиқади.
Word va Excel hujjatlari uchun
Butun hujjatni bir bosishda oʻgiring — qalin, kursiv, jadval va formulalar joyida qoladi.
Koʻp beriladigan savollar
Kirilldan lotinga oʻgirish bepulmi?
Ha. Bu sahifadagi oʻgirgich bepul, 5 000 belgigacha matnni bir martada oʻgiradi. Katta hujjatlar uchun Word va Excel qoʻshimchasi bor.
Matnim biror joyga yuboriladimi?
Yoʻq. Oʻgirish brauzeringizning oʻzida bajariladi, matn hech qayerga yuborilmaydi.
«Е» harfi nega baʼzan «ye», baʼzan «e» boʻladi?
Oʻzbek lotin imlosida «е» soʻz boshida va unlidan keyin «ye», qolgan oʻrinlarda «e» yoziladi. Oʻgirgich buni oʻzi aniqlaydi.
Ruscha soʻzlar ham toʻgʻri chiqadimi?
Oʻzbek tilidagi ruscha oʻzlashma soʻzlar (цирк, лицей, октябрь) imlo qoidasi boʻyicha oʻgiriladi. Firma nomlari kabi oʻzgarmasligi kerak boʻlgan soʻzlarni Word qoʻshimchasining «Istisnolar» roʻyxatiga qoʻshish mumkin.