Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 14.11.2026 (Google Analytics qoʻshildi). Bu sahifa Imlova Word va Excel qoʻshimchasi, lotinkiril.uz saytidagi onlayn oʻgirgichlar va @Alifbo_Uz_Bot Telegram boti uchun amal qiladi.

Matningiz

  • Hujjatdagi va oʻgirgichga qoʻyilgan matn faqat sizning kompyuteringiz yoki brauzeringizda oʻgiriladi. U bizning serverimizga yoki boshqa joyga yuborilmaydi va saqlanmaydi.
  • Istisnolar roʻyxati, tanlangan alifbo va kunlik foydalanish hisobi ham faqat qurilmangizda (qoʻshimchaning lokal xotirasida) saqlanadi.

Tarif kodi

  • Kod kiritilganda qoʻshimcha serverga ikki narsani yuboradi: kodning oʻzini va qurilma uchun tasodifiy yaratilgan identifikatorni. Bu identifikator ismingiz, kompyuteringiz yoki hisobingiz bilan bogʻlanmaydi.
  • Server kod qaysi qurilmalarda ishlatilganini va oxirgi tekshiruv vaqtini saqlaydi. Bu bitta kodni ruxsat etilgandan koʻp kompyuterda ishlatishdan himoya qiladi.
  • Kodni koʻp marta notoʻgʻri kiritishdan himoya qilish uchun IP manzil vaqtincha, server xotirasida hisoblanadi va bazaga yozilmaydi.

Telegram bot

  • Botga yozganingizda Telegram ID'ingiz, ismingiz va username'ingiz, tanlagan tarifingiz, yuborgan xabarlaringiz va toʻlov cheki saqlanadi. Bu buyurtmani tekshirish, kod berish va savollaringizga javob berish uchun kerak.
  • Xabarlaringiz va chekingizni faqat Imlova jamoasi koʻradi.
  • Kodingiz muddati tugashidan oldin bot sizga eslatma yuboradi.

Reklama va statistika

  • Saytda reklama yoʻq.
  • Saytga tashriflar sonini va qaysi sahifalar foydali ekanini bilish uchun Google Analytics ishlatiladi: u sahifa koʻrishlar, taxminiy mamlakat, qurilma turi hamda “yuklab olish” va “bogʻlanish” tugmalari bosilganini hisoblaydi. Oʻgirgichga yozgan matningiz Google Analytics'ga yuborilmaydi. Word va Excel ichidagi qoʻshimcha va admin panelda Google Analytics yoʻq.
  • Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi tomonlarga bermaymiz.

Saqlash muddati va oʻchirish

  • Kod va unga bogʻliq qurilma yozuvlari kod amal qilgan davrda va undan keyin hisob-kitob uchun saqlanadi.
  • Maʼlumotlaringizni oʻchirishni soʻrasangiz, Telegram bot orqali yozing: kod, qurilma yozuvlari va bot yozishmalari oʻchiriladi.

Bogʻlanish

Savollar uchun: @Alifbo_Uz_Bot